1

​Fotocuratlar Trampning oldingi prezidentlardan qanday farqi borligini ko`rsatdi (Foto)

Dunyo 24.04.2017, 09:42
Teglar: AQSh, Donald Tramp
​Fotocuratlar Trampning oldingi prezidentlardan qanday farqi borligini ko`rsatdi (Foto)

AQSh prezidenti Donald Tramp yaqinda (Merilend shtatidagi) Endryus harbiy bazasiga qilgan parvozi davomida, Oq uyning oldingi rahbarlaridan qanday farqi borligini namoyish etdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Jurnalist tomonidan yaratilgan kollajni o`n mingta foydalanuvchi perepost qildi, tvitlar esa ijtimoiy tarmoqlarda qizg`in muhokama etildi. Ba`zi bir izoh yozgan foydalanuvchilar Trampni oddiy odob-axloq qoidalarini bilmaslikda, ortidan kelayotgan rafiqasi Melaniyaning tushishiga yordam bermaganlikda ayblashdi. Bundan tashqari, Tramp rafiqasi Melaniya baland poshnada zinapoyadan tushib ulgurmasdanoq, yolg`iz o`zi mehmonlar bilan qo`l berib ko`rishdi.

Etika mutaxassislarning fikricha, Donald Tramp o`zining bu hatti-harakati bilan AQShning birinchi xonimini hurmat qilmasligini ko`rsatgan. Boshqa foydalanuvchilar esa buni tasodif, oldingi prezidentlar bilan ham bunday hol yuz berishi mumkin edi, deb hisoblagan. Ular fikrlarining isboti sifatida Trampning boshqa parvoz vaqtida rafiqasining zinapoyadan tushishiga yordam berish maqsadida qo`lidan tutib turgan suratini namoyish etishdi.

Sharhlar

AQSh Falastinning BMTga to`liq a`zo bo`lishi haqidagi rezolyusiyani blokladi

19.04.2024, 17:02

Qo`shma Shtatlar Falastinni BMTga to`laqonli a`zo sifatida qabul qilish rezolyusiyasini blokladi. Davlatlar tashkilot Xavfsizlik kengashi yig`ilishida veto huquqidan foydalandi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.Hujjatni Xavfsizlik...
AQShda qishki bo`ron qurbonlari soni 50 kishiga etdi

27.12.2022, 10:08

AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...
AQShda eng zamonaviy "ko`rinmas" bombardimonchi samolyot namoyish etildi

03.12.2022, 12:40

AQSh yangi B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotini namoyish etdi. Samolyot jahondagi ilk oltinchi avlod bombardimonchisi hisoblanadi, deya yozmoqda "zamon.uz".Uning namoyishida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirok etgan."Bu...
Xitoy TIV vakili AQShning ettita davlatni bosib olish haqidagi rejasini e`lon qildi. U qaysi davlatlar? (video)

12.10.2022, 11:42

Pekin Vashingtonga besh yil ichida etti davlatni bosib olish rejasini eslatdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh armiyasining iste`fodagi generali Uesli Klarkning Pentagonning 20 yil...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1