1

​«Qo`lda ham varikoz bo`ladimi?»

Salomatlik 24.04.2017, 10:21
Teglar: Salomatlik
​«Qo`lda ham varikoz bo`ladimi?»

– Qo`limning bilak kaft sohasida varikoz bor. Og`ir narsa ko`tarsam og`riq beradi. Bu dardning davosi bormi? Jarrohlik muolajasini tavsiya etishayapti. Ammo keyinchalik biror asorati bo`lsachi deb ikkilanayapman. Nimani maslahat berasiz?

Sanjarbek Yusupjonov, Toshkent shahri

Savolga sport shifokori Sunatilla YuLChIEV javob beradi:

– Aynan bilak kaft sohasida varikoz dimlanishlarni kuzatmaganman. Savolingiz mazmuniga ko`ra siz nazarda tutayotgan holat gigromaga o`xshayapti. Gigroma bilak kaft bo`g`imida qaltis harakatlar evaziga kapsulaning yirtilishi va bo`g`imdan chiqqan suyuqlikning mushak ostiga to`planib qolishidir. Diqqat qiling, agar shish uzoq vaqt mobaynida saqlanib turgan bo`lsa, jarrohlik amaliyotiga murojaat qilish lozim. Bordiyu buning aksi bo`lib, shishning yuzaga kelganiga ko`p bo`lmagan taqdirda konservativ davo choralarini qo`llash mumkin. Ayni vaziyatda shifokor ko`rigidan o`tishingizni tavsiya qilaman.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1