Xitoyning Yunnan viloyatida yashovchi er-xotin olamdan o`tganlaridan keyin jasadlarini dafn etish uchun uy ichiga ikkita sag`ana qurishdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, yoshi saksondan oshgan er-xotin bundan 30 yil ilgari o`zlari yashayotgan uy ichiga ikkita alohida sag`ana qurgan edi. Sag`ananing biri xonada, yana biri esa yotoqxonada barpo etildi. Qari juftlikning farzandi yo`q. Ularning merosxo`rlari bo`lmaganligi sababli ular uydan sag`analarini qor-yomg`irdan, shamoldan asrash uchun foydalanishni niyat qilishdi. Er-xotin ulardan biri vafot etib, uyga dafn etilgandan keyin ham ikkinchisining mazkur uyda yashashni davom ettirishiga kelishib olishdi.






