Amerikaning Arkanzas shtatida to`rt yoshli qizcha yurib ketayotgan avtobusdan yo`lga tushib qoldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Uni avtobus yonidan o`tib ketayotgan avtomobil haydovchisi qutqardi. Haydovchining aytishicha, rulni boshqarayotganda kutilmaganda oldinda ketayotgan avtobus eshigi ochilib, unga kichkina qizcha osilib qolgan. Uzoq vaqt osilib turishga qizchaning kuchi etmay, bir necha lahzadan keyin serqatnov yo`lga yiqilgan. Erkak mashinani to`xtatib, qizchaga yordam berish uchun shoshildi. Qizcha olgan tan jarohatidan hushdan ketgan. Etib kelgan tez yordam mashinasi uni kasalxonaga olib ketdi. Shifoxonada qizchaning jag` suyagi singanligi, operasiya qilish lozimligi aniqlandi.