1

​Bill Geyts nega farzandlariga smartfonni taqiqlaganini aytdi

Dunyo 24.04.2017, 16:05
Teglar: Telefon
​Bill Geyts nega farzandlariga smartfonni taqiqlaganini aytdi

Microsoft rahbari, jahonning eng boy kishisi bo`lgan Bill Geyts farzandlari 14 yoshga kirmagunlariga qadar ularga smartfondan foydalanishlariga ruxsat bermagan, deb yozadi terabayt.uz nashri.

Uning bu qoidasiga boshqa taniqli IT-kompaniya rahbarlari ham amal qilishadi va farzandlarini elektron gadjetlarning salbiy ta`siridan himoyalashga urinishadi.

Buyuk Britaniyaning taniqli Mirror nashri yaqinda o`tgan intervyu jarayonida Bill Geytsdan oilaviy muhitda elektronika vositalaridan foydalanish qay tarzda amalga oshirilishi to`g`risida so`radi. Microsoft asoschisi bunga javoban oilaning 14 yoshga to`lmagan a`zosiga gadjetlardan foydalanish taqiqlanganini ma`lum qildi.

«Biz ovqat mahali mobil telefondan foydalanmaymiz, — deydi Bill Geyts. — 14 yoshga qadar barcha farzandlarimiz smartfonsiz ulg`ayishgan. Ular barcha do`stlarida qo`l telefoni borligin aytib, ko`p marotaba shikoyat qilishar edi».

Bill Geytsning ayni paytda 3 nafar farzandi bor: 20 yoshli Jennifer, 14 yoshli Fibi hamda 17 yoshli Rori. Ularning barchasi janob Geyts tomonidan o`rnatilgan qoidaga ko`ra tarbiyalanmoqda. «Hozir ham elektronika vositalaridan foydalanish mumkin hamda cheklangan vaqt bor. Bu ularga o`z vaqtida uxlash va sog`lom bo`lib voyaga etishlariga yordam beradi», — deydi Bill Geyts.

Geytsning ma`lum qilishicha, u farzandlarining smartfondan imkon qadar foydali maqsadlarda, misol uchun uyga vazifalarni bajarish, qo`shimcha ta`lim olishlari uchun foydalanishlariga sharoit yaratib beradi.

Geyts oila a`zolari qaysi smartfon modelidan foydalanishlarini ma`lum qilmagan. 2012 yilda uning turmush o`rtog`i Melinda Geyts turmush o`rtog`i farzandlariga Apple mahsulotalirdan foydalanishni taqiqlaganini aytib, «Boylik oilamizga Microsoft’dan keladi, shunday ekan bu pulni nega raqibning cho`ntagiga solishimiz kerak?» mazmunidagi munosabatni bildirgan.

Bill Geyts ham keyinchalik buni tan olgan va Windows Phone smartfonlari oila a`zolari uchun kifoya qilishini aytgan.

Ma`lumki, Apple asoschisi Stiv Jobs ham o`z farzandlarini yuqori texnologiya qurilmalaridan, jumladan iPad’dan foydalanishlarini cheklagan. Biograf yozuvchi Uolter Issaksonning aytishicha, Stiv har kechda bolalari bilan bir stol atrofida yig`ilib, kitoblar va tarix mavzularida suhbat qurishni odat qilgan ekan. Uning oilasida kechki paytda hech kimga planshet hamda kompyuterdan foydalanishga ruxsat berilmagan.

3D Robotics kompaniyasi rahbari Kris Anderson ham yuqoridagi insonlardan o`rnak olib, bolalarining gadjetlardan foydalanishlarini qattiq nazorat ostiga olgan. Andersonning fikricha, zararli kontent va elektron vositalardagi ko`ngilochar dasturlarga tobelik farzandlar tarbiyasi va istiqboliga jiddiy zarar etkazadi.

Geytsa hamda Jobs — jahonni axborot-kommunikasiya texnologiyalari, innovasion qurilmalar bilan ta`minlayotgan kompaniyalar rahbarlarining hayotiy tamoyillaridan ham ko`rinib turibdiki, navnihol bolalarning qo`liga «aqlli» gadjetlarni berish qo`yish — ularning porloq kelajaklariga bolta urishga teng.

Sharhlar

O`zbekiston 8 oy ichida xorijdan 236 624 dona mobil telefon import qilgan

26.09.2021, 15:43

O`zbekiston 8 oy ichida xorijdan 236 624 dona mobil telefon import qilgan.Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi.Unga ko`ra, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O`zbekiston xorijdan...
O`zbekistonda 100 ta uy xo`jaligiga 290 mobil telefon to`g`ri kelmoqda

23.09.2021, 11:26

O`zbekistonda 100 ta uy xo`jaligiga 290 mobil telefon to`g`ri kelmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi xabar berdi.Unga ko`ra, 2021 yilning yanvar-avgust holatiga 100 ta uy xo`jaligiga...
2021 yil O`zbekiston qariyb 94 million dollarga teng telefon import qilgan

26.08.2021, 16:16

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston xorijdan qiymati 94,3 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 1,4 mln. dona mobil telefonlar import qilgan. Telefon...
Qo`qon shahrida uyali telefon apparatini aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi

04.11.2020, 11:16

Qo`qon shahri. 2020 yilning 12 oktyabr kuni fuqaro R.Sh. tanishi G`.A.ning ishonchiga kirib, narxi 1.000.000 so`mlik “Samsung A30” rusumli uyali telefon apparatidan foydalanib so`ng qaytarib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1