Bugun ertalab Moskva shahrining Kashirskiy shossesidan to Butovo shossesigacha 10.6 kilometrlik ulkan tirbandlik yuzaga keldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Mazkur hududda avtomobillarning harakatlanish tezligi soatiga 10 kilometrni tashkil etdi. Bunday jiddiy tiqilinch va tirbandliklar yo`l ta`mirlash ishlari tufayli kichik xalqa yo`lining 52 va 57 kilometrlarida, Volokolamsk shossesidan to Leningrad shossesigacha davom etdi. YTH natijasida Ximki tumanidagi ko`prikning 92 va 98 kilometrlarida ham avtomobillar tirbandligi yuzaga keldi.