AsosiyJamiyat

​O`zbekistonga to`rtinchi “Afrosiyob” keltirildi

'​O`zbekistonga to`rtinchi “Afrosiyob” keltirildi'ning rasmi

2015 yil 6 noyabrda “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati va Ispaniyaning “PATENTES TALGO, S.L.U” kompaniyasi o`rtasida yana 2 yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezd xarid qilish bo`yicha shartnoma imzolangan edi. Shartnomaga muvofiq, ushbu zamonaviy elektropoezdlarning ikkinchisi ham yurtimizga olib kelindi, deya xabar beradi kompaniya axborot xizmati.

Yangi zamonaviy elektropoezd 287 yo`lovchiga mo`ljallangan. Unda ekonom toifali vagonlar soni 2011 yilda olib kelingan “Afrosiyob”ga qaraganda 2 taga ko`p. Bu bir vaqtning o`zida qo`shimcha 72 yo`lovchini o`z manziliga etkazish imkoni demakdir.

Joriy yilning mart oyida mamlakatimizga olib kelingan yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdi bugungi kunda Toshkent-Buxoro-Toshkent yo`nalishida muntazam qatnovini amalga oshirib yo`lovchilarga xizmat qilmoqda.

Hozirgi kunda zamonaviy “Afrosiyob” elektropoezdlarining yangi harakat jadvali ishlab chiqilmoqda. Maqsad yo`lovchilarga qulayliklar yaratib, sifatli xizmat ko`satish hamda ularning xafsizligini ta`minlagan holda o`z manzillariga qisqa vaqtda etkazishdan iborat.

Boshqa yangiliklar