AsosiyDunyo

​AQShda polisiya echkilarni “qo`lga oldi”

'​AQShda polisiya echkilarni “qo`lga oldi”'ning rasmi

AQShning Men shtatidagi Belfast shahrida polisiyachi ko`chada tentirab yurgan ikki echkini qo`lga oldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Echkilar ularni garajda saqlovchi egasidan qochib ketgan. Polisiyachi Deniel Fitzpatrik (Daniel Fitzpatrick) Luis va Magli laqabli o`txo`rlarni ko`chadan topib, ularni patrul mashinasidagi mushuklar uchun mo`ljallangan arqonga bog`ladi. Och qolgan beboshlarga meva-cheva berdi. U echkilarning suratini Feysbuk ijtimoiy tarmog`ining polisiya bo`limi sahifasiga joylashtirdi. Oradan bir necha soat o`tgach, echki egasining qizi internetda Luis va Maglining suratini ko`rgach, ularni olib ketish uchun bo`linmaga keldi. Fitzpatrik ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan suratlar tagiga departament echkilarni patrul sifatida ishga qabul qilayotgani haqidagi hazil izohni qoldirdi.

Boshqa yangiliklar