AQShning Shimoliy Karolina shtatida tabiiy ofat ro`y berdi, deb xabar qildi Ntv.ru nashri.
Shtat aholisi kuchli yog`ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinidan keyin endi o`ziga keldi. Uylarning birinchi qavati va avtomobillar suvga g`arq bo`ldi. Yo`llarda avtomobil harakati batamom to`xtadi, 10 ming xonadon esa zulmat ichida qoldi. Ayni paytda ob-havo yaxshilangani bois, suv ortga qaytmoqda, shunga qaramay, hududiy trassalar hamon ochilmagan.






