– Yoshim 18 da, vaznim 106 kg. Ozishim kerak desam, vazn tashlagach teri osilib qolishi mumkin deyishayapti. Chindan ham shunday bo`ladimi? To`g`ri ozish yo`llari usullari bilan tanishtirsangiz?..
Doston Adburahmonov, Toshkent shahri
Savolga oliy toifali shifokor terapevt Nodira HAMROEVA javob beradi:
– Tana vazni bilan kurashishdan avval uning yig`ilishiga sabab bo`lgan omilni aniqlash lozim. Buning uchun endokrinolog ko`rigidan o`tishni tavsiya etaman. Semirishga olib kelgan omillar qaysilar, irsiyat, kasallik, kam harakatlik yoki noto`g`ri ovqatlanishmi? Shunga ko`ra ozish usullariga murojaat qilinadi. Kam kaloriyali mahsulotlarni iste`mol qilib, sport mashqlariga diqqat qilinsa va oyiga 3-4 kilogramdan asta-sekinlik bilan vazn tashlansa teri osilib qolmaydi. Mashqlardan so`ng suyuqlik ichish yoki taomlanish mumkin emas.