AsosiyJamiyat

​Surxondaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida o`qituvchilarning bilimi nisbatan past ekanligi qayd etildi

'​Surxondaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida o`qituvchilarning bilimi nisbatan past ekanligi qayd etildi'ning rasmi

Joriy yilda ilk marotaba umumta`lim maktablaridagi 104 ming nafar o`qituvchining kasbiy salohiyati va mahorati onlayn tarzda o`rganildi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligining 2017 yil birinchi choragidagi faoliyati yakunlariga bag`ishlangan hay`at yig`ilishida ma`lum qilindi.

Sinovda ishtirok etgan o`qituvchilarning bilimi viloyatlar kesimida tahlil qilinganda Surxondaryoda, Sirdaryoda, Qashqadaryo viloyatlarida nisbatan past ko`rsatkich qayd etilgan. Yig`ilishda mas`ul mutasaddilarga ta`lim sifatini oshirish yuzasidan tegishli ko`rsatmalar berildi.

Hay`at yig`ilishida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. Unda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar