AsosiyDunyo

​Yaponiyalik vazir o`ylamay gapirgan gapi uchun lavozimidan ayrildi

'​Yaponiyalik vazir o`ylamay gapirgan gapi uchun lavozimidan ayrildi'ning rasmi

O`ylamay gapirgani uchun Yaponiyaning tabiiy ofatlardan keyin tiklash ishlari bilan shug`ullanuvchi vazirlik rahbari Masaxiro Imamura lavozimidan ayrildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

U 2011 yilda sodir bo`lgan sunami oqibatida keltirilgan zarar 227 milliardni tashkil qilgani haqida gapirayotganda, “Yaxshiyamki, bu voqea Toxokuda ro`y berdi, agar poytaxtga yaqin joyda sodir bo`lganda bundan ham ko`proq zarar ko`rishimiz mumkin edi”, degani oppozisiya va matbuotda qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi.

Uning bu gapi tabiiy ofatdan jabrlanganlarga nisbatan hurmatsizlik, deb qabul qilindi. Vazir o`ylamay gapirgan gapi uchun uzr so`rab, iste`foga chiqish uchun ariza yozdi.

“Yaponiyaning shimoliy hududida yashovchi aholidan ularga nisbatan hurmatsizlik qilganim, ko`ngillarini og`ritganim uchun uzr so`rayman. Bunga o`ylamay gapirgan gapim sabab bo`ldi. Sizlardan chin dilimdan kechirim so`rayman!” dedi sobiq vazir Masaxiro Imamura.U o`zining o`ylamay gapirgan gapi uchun bosh vazir Sindzo Abedan ham uzr so`radi.

2011 yilning mart oyida Yaponiya qirg`oqlarida ro`y bergan sunami oqibatida “Fukusima-1” AESida halokat yuz berib, 18 kishi halok bo`lgan, 300 mingdan ortiq aholi esa o`z uylarini tark etishga majbur bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar