Raqs kechasini uyushtirib, shovqin ko`targan o`smirlarga qonuniy chora ko`rish uchun kelgan polisiyachi ular bilan birga raqsga tushdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
AQShning Texas shtatidagi San-Antonio shahrida qo`shnilarning chaqiruviga binoan shovqin ko`tarib, bayram qilayotgan o`smirlarni tinchlantirish uchun kelgan polisiyachi tartib o`rnatish o`rniga, o`smirlarga raqs bo`yicha “ustozlik” qildi. Facebook ijtimoiy tarmog`iga joylashtirilgan mazkur videorolikda polisiyachining o`smirlarga salsu raqsini o`rgatayotganini ko`rish mumkin.
Klipni ikki kun ichida 374 ming foydalanuvchi tomosha qildi.