O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 27 aprel kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoev o`zining saylovoldi dasturida viloyatda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirish, viloyatni har tomonlama rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta`minlash bo`yicha katta reja va maqsadlarni bayon etgan edi.
Prezidentimizning Jizzaxga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqbolli loyihalar bilan tanishish ko`zda tutilgan, deb yozadi O`zA.