AsosiyDunyo

​British Airways samolyoti bortdagi janjal tufayli favqulodda qo`nishni amalga oshirdi

'​British Airways samolyoti bortdagi janjal tufayli favqulodda qo`nishni amalga oshirdi'ning rasmi

British Airways kompaniyasiga tegishli Londondan Yamaykaga parvozni amalga oshirayotgan samolyot yo`lovchilar va ekipaj a`zolari o`rtasida joy talashish tufayli janjal ko`tarilishi oqibatida Portugaliya harbiy bazasiga qo`nishga majbur bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Parvoz davomida Buyuk Britaniyalik er-xotin ekipajdan ularni ekonom-klassdan birinchi klass joyiga o`tkazishni talab qildi. Bort kuzatuvchilari ularning talablarini rad etgach, bortda janjal ko`tarildi. Natijada samolyot komandiri Portugaliya harbiy bazasiga qo`nishga qaror qildi.

Samolyot bortida janjal ko`targan er-xotinning harakatlari videoga olindi va o`zlari bilan birga polisiya qo`liga topshirildi.

Boshqa yangiliklar