Rossiyaning Tomsk shahar aholisi yonayotgan 7 qavat balkonidan sakragan 9 yoshli bolani qutqardi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Voqeaga guvoh bo`lganlar bolani qutqarish uchun reklama banneridan foydalanishdi.
“Hodisa guvohlari 7 qavat balkonida turgan bolani ko`rgandan keyin reklama bannerini yirtib olib, uni pastda tutib turgancha, bolani sakrashga undashdi. 7 qavatdan sakragan bola kasalxonaga yotqizildi”, deb xabar berdi hududiy FVV vakili.
Yong`in Tomsk shahridagi Irkutsk ko`chasida yuz berib, ko`p qavatli uyning 7 qavatidagi kvartira yongan. Etib kelgan o`t o`chiruvchilar yong`inni 14 daqiqada o`chirganiga qaramay, olov xona shipi va devorlarini egallab ulgurgan.