Daniyaning Orxus universiteti biologlari bukri kitning “shivirlagani”ni eshitishga muvaffaq bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Mutaxassislar ona kit va kit bolasining elkasiga maxsus datchik o`rnatib, 48 soat davomida ularning “suhbati”ni yozib oldi. Ovoz yozuvlarini eshitgan olimlar qaysidir soniyalarda kitlar juda past ovozda “muloqot” qilishganining guvohi bo`ldi. Tadqiqot muallifining fikricha, kitlar ularga tez-tez hujum qiluvchi kasatkalar yashovchi joylardan o`tayotganda yirtqichlarning sezib qolmasligi uchun “shivirlashadi”. Shu bilan birga Videsen ular boshqa kitlar eshitmasligi uchun “shivirlab” muloqot qilishadi, degan taxminni ham ilgari surdi.






