AsosiyJamiyat

​“Sarobga aldanganlar qismati” kitobining taqdimot marosimi bo`lib o`tdi

'​“Sarobga aldanganlar qismati” kitobining taqdimot marosimi bo`lib o`tdi'ning rasmi

1 may, dushanba kuni poytaxtdagi Media-Xollda «Zamon-Press-info nashriyot uyi» tomonidan chop etilgan “Sarobga aldanganlar qismati” kitobining taqdimot marosimi bo`lib o`tdi.

Mazkur tadbirda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, oliy o`quv yurtlarining o`qituvchi va talabalari, huquq-tartibot idoralari va ommaviy axborot vositalari xodimlari tashkil etilgan.

Bugungi kun muqaddas dinimizni niqob qilib olgan yovuz kuchlar tomonidan dunyoning turli nuqtalarida amalga oshrilayotgan jinoiy hatti harakatlar barchamizdan hushyorlik va ehtiyotkorlikni talab etadi.

Ana shunday ekstremistik oqimlarga qo`shilib, bu guruhlarning sof islomiy qadriyatlardan qanchalik uzoq ekanini o`z aql-idroki bilan anglab etgan bu hamyurtlarimizning kechmishlari, iqror va tazarrulari har bir o`quvchini hushyorlikka chorlaydi, din va diniy aqidaparastlik, sof islomiy qadriyatlar va terrorizm singari tushunchalarni farqlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risida”gi farmoyishi ijrosi yuzasidan yurtimizning turli hududlarida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi, ayniqsa yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni turli zararli oqimlar ta`siridan himoyalashda kitobning o`rni beqiyos.

Yaqinda “Zamon-Press-info nashriyot uyi” tomonidan “Sarobga aldanganlar qismati” nomli kitob bosmadan chiqdi. Ushbu kitob ham ana shunday afsus va nadomatlar va bunday xatti-harakatlarga nisbatan haqqoniy munosabatlarni o`zida jamlagan.

Kitob ikki qismni o`z ichiga oladi. To`plamda qilgan xatosi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan, jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o`tayotgan yoxud o`tab qaytgan hamyurtlarimizning chin dildan bildirgan iqrorlari, nadomatlari, shuningdek, ularning oila a`zolari, yaqinlari, mahalladoshlari tomonidan yo`llangan maktublari joy olgan.

Maktublar yaqin davr ichida “Darakchi”, “Sug`diyona”, “Darakchi plyus” gazetalarida, Darakchi.uz saytida chop etildi. Maktublar matbuotda e`lon qilingach, ko`plab mushtariylarimiz o`z fikr-mulohazalari, munosabatlarini tahririyatimizga yo`llashdi. Shu tariqa mazkur maktublarni kitob holida jamlab o`quvchilarga taqdim etishga ehtiyoj tug`ildi.

Taqdimot marosimida so`zga chiqqanlar mazkur kitobning mazmun-mohiyati, uning yosh avlodni Vatanga sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati xususida so`z yuritishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar