AQSh prezidenti Donald Tramp byudjet mablag`ini tejash maqsadida Nyu-Yorkdagi rafiqasi va o`g`lining oldiga kam borayotganligini, u erdan poytaxtga qaytish qimmatga tushayotganligini tan oldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
“Nyu-Yorkni juda yaxshi ko`raman, ammo u erdan orqaga qaytish juda qimmatga tushyapti”, dedi Oq uy rahbari.
U shaharga tashrif buyurganda, shahar ko`chalari yopilib, aholiga noqulayliklar tug`dirayotganini, Nyu-Yorkda biznesi ko`pligi uchun odamlar pul topish, ko`ngil ochish uchun kelyapti, deb o`ylamasliklarini ham hisobga olganini aytib o`tdi.