1 maydan O`zbekistonda yangi telekanal o`z faoliyatini boshladi. Avvalroq test rejimida namoyish etilayotgan «Caravan TV» o`zining to`liq dasturlarini efirga uzatmoqda.
Telekanal ko`rsatuvlari butun respublika bo`ylab rus va o`zbek tillarida namoyish etiladi.
Telekanal ijodkorlarining ma`lum qilishlaricha, ayni damda 10 dan ortiq loyihalar tayyorlangan bo`lib, ular O`zbekistonning va dunyoning turli mamlakatlari turistik salohiyatini o`z ichiga oladi. Telekanalni tashkil etishdan maqsad O`zbekistonning turistik salohiyatini oshirishdan iborat.
Loyihalar orasida “San`at va sayohat”, “Cover version battle”, “Caravan music”, “Sayohatdan so`ng”, “Super 5”, “Govoryat” hamda “Tans na belom” ko`rsatuvlari mavjud.
Telekanalning tantanali ochilish marosimi joriy yilning 15-16 may kunlari Toshkent va Samarqandda “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” mavzuida o`tkaziladigan ikki kunlik xalqaro ilmiy-madaniy kongress doirasida o`tkaziladi.