1

​Afg`on diplomati noo`rin hazili tufayli Ostona aeroportida qo`lga olindi

Dunyo 02.05.2017, 11:24
Teglar: Afg`oniston
​Afg`on diplomati noo`rin hazili tufayli Ostona aeroportida qo`lga olindi

1 may kuni Qozog`istonning Ostona aeroportida Afg`onistonning Qozog`istondagi sobiq elchisi Muhammad Faruk Barakiy xizmat muddati tugaganligi tufayli Qobulga qaytib ketayotganda qo`lga olindi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Bunga bojxonachilarning “Yuklarning ichida nima bor?” degan savoliga Muhammad Faruk Barakiyning jahl bilan “Bomba bor!”, degani sabab bo`ldi. Uning o`ylamay gapirgan gapi, favqulodda choralar ko`rilishiga sabab bo`ldi. Aeroportga kirish eshiklari yopilib, voqea joyiga nafar maxsus xizmat xodimlari etib keldi. Diplomat uch soat davomida qamab qo`yildi. Tashqi ishlar vazirligi uning kafilliginit olgach, unga ketishga ruxsat berildi. Sobiq elchi bo`lib o`tgan voqeani ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilar ekan, aeroport xodimlari uning hazilini to`g`ri tushunmaganligini, tushunmovchilik ro`y berganini ta`kidladi. Afg`oniston tashqi ishlar vazirligi ayni paytda o`z xodimining qo`lga olinishi hodisasiga hech qanday izoh bermadi.

Sharhlar

Yaponiya Afg`onistonga 106 mln dollarlik yordam yubordi

12.12.2022, 21:45

Tolibon tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaki Yaponiya hukumatiga o`z mamlakatiga ko`rsatgan 100 million dollardan ortiq yordam uchun minnatdorchilik bildirdi, deya yozmoqda "zamon.uz".Ma`lum qilinishicha, Tashqi...
O`zbekiston TIV 35 kishini halok qilgan Afg`onistondagi portlash yuzasidan bayonot berdi

01.12.2022, 08:37

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg`onistonning Samangan provinsiyasida sodir bo`lgan terrorchilik xuruji yuzasidan bayonot berdi.Bayonotda Aybak shahridagi asosan yoshlar qurbon bo`lgan portlash keskin qoralangan. Shuningdek, bunday...
Hech kim urushning qayta boshlanishini va Afg`onistonning yakkalanishini istamaydi — BMT Bosh kotibining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili

26.07.2022, 10:57

Toshkentda bo`lib o`tayotgan “Afg`oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyada BMT Bosh kotibining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili M.Potzel nutq so`zladi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz"...
Afg`oniston hududi bundan buyon O`zbekiston uchun xavf tug`dirmaydi — Amirxon Muttaki

26.07.2022, 10:44

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov “Afg`oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun O`zbekistonga tashrif buyurgan Afg`oniston tashqi ishlar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1