Buyuk Britaniya poytaxtining sharqiy qismida teraktlarni amalga oshirishda gumon qilingan uch nafar 18-19 yoshli qizlar qo`lga olindi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
27 aprel kuni Londonning Kent grafligida Skotland-Yard tomonidan o`tkazilgan maxsus operasiya paytida teraktni amalga oshirishda gumonlangan olti kishi qo`lga olindi.
“Londonda qo`lga olingan qizlar “teraktni amalga oshirishga tayyorgarlik” gumoni ostida qo`lga olindi”, deb xabar berdi polisiya. Ular ayni paytda Britaniya poytaxti qamoqxonasida saqlanmoqda.