AQSh FQB xodimasi, tarjimon vazifasida ishlagan Daniela Grin 2014 yilda Suriyaga borib, “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarisi Denis Kuspertga turmushga chiqqan, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Daniela Grin Kuspertni AQSh hukumati qidirayotganligidan ogohlantirgan. U turmush qurgandan bir necha hafta o`tgach, qilgan xatosini tushunib, uyiga qaytib kelgan. Ayol vataniga qaytgach, tergov bilan hamkorlik qilishga rozilik bildirib, o`z aybini, yolg`on ko`rsatma berganini tan oldi. Oqibatda unga ikki yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Daniela 2016 yilning yozida ozodlikka chiqdi.
Germaniyalik sobiq reper Denis Kuspert terrorchilar guruhidagi eng obro`li jangarilardan biri hisoblanadi. U terrorchilikni tashviqot qilgan, hattoki tanasidan judo qilingan inson boshini ko`tarib, videorolikda suratga tushgan. Nashr Amerika hukumati Daniela Gringa nisbatan juda engil jazo berganidan hayratga tushganini bildirdi.
27.12.2022, 10:08
AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...03.12.2022, 12:40
AQSh yangi B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotini namoyish etdi. Samolyot jahondagi ilk oltinchi avlod bombardimonchisi hisoblanadi, deya yozmoqda "zamon.uz".Uning namoyishida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirok etgan."Bu...12.10.2022, 11:42
Pekin Vashingtonga besh yil ichida etti davlatni bosib olish rejasini eslatdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh armiyasining iste`fodagi generali Uesli Klarkning Pentagonning 20 yil...05.10.2022, 11:12
AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yilda ikkinchi muddatga saylanishga qaror qildi. Bu haqda Amerikaning NBS telekanali xabar bergan.“Sentyabr oyida voiz Al Sharpton bilan bo`lgan uchrashuvda...