AsosiySport
3575

Krishtianu Ronaldu bir qator rekordlarni yangiladi

'Krishtianu Ronaldu bir qator rekordlarni yangiladi'ning rasmi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu EChL yarim finalidan o`rin olgan “Atletiko”ga qarshi (3:0) kechgan uchrashuvda xet-trik muallifiga aylandi.

EChLning so`nggi uch o`yinida portugaliyalik hujumchi sakkizta gol kiritishga erishdi (2 va 3 martta “Bavariya”ga, 3 ta “Atletiko”ga). Shunday qilib, portugaliyalik futbolchi EChL pley-offida ketma-ket ikki bor xet-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.

Bundan tashqari, Ronaldu EChL yarim finallarida eng ko`p gol kiritgan futbolchi nomiga ham ega chiqdi. Uning hisobida hozircha 13 ta gol bor va Krishtianu bu borada “Real”ning sobiq hujumchisi Alfredo Di Stefanoni (11) ortda qoldirdi.

Bundan tashqari, Ronaldu “Atletiko”ga qarshi kechgan o`yinlarda eng ko`p gol urgan futbolchiga aylandi. Ronaldu Madrid derbilarida umumiy hisobda 21 gol kiritgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar