Avstraliyalik zoologiya himoyachilari boshiga pichoq qadalgan holda suratga tushirilgan o`rdakni qidirmoqda, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, o`rdak Avstraliyaning Neyrn shahridagi xiyobonlardan birida yashaydi. Hayvonlarni himoya qilish xizmati xodimlari uni xiyobondan qidirib topa olmadi.
Avstraliya qonunlariga binoan hayvonlarga nisbatan qilingan shafqatsizlik uchun katta jarima to`lanadi yoki to`rt yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi. Hukumat jabrlangan o`rdakka veterinar yordami kerakligi tufayli uni topishda fuqarolardan yordam so`radi.






