AsosiyDunyo

​Qirg`izistonda har 40 daqiqada kelin o`g`irlanadi (video)

'​Qirg`izistonda har 40 daqiqada kelin o`g`irlanadi (video)'ning rasmi

In the NOW global raqamli platformasi “Kelinlarni o`g`irlash — 21 asrning daxshatli voqeligi” nomi ostida videofilmni taqdim etdi.

Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, kelinlarni o`g`irlash 17 mamlakatda, asosan, Markaziy Osiyo va Rossiyaning ba`zi hududlarida amalga oshiriladi. Qirg`izistonda har 40 daqiqada kelin o`g`irlanadi.

Inson huquqlari himoyachisi Oygul Alimqulovning qayd etishicha, bunga doimo odamlarning katta guruhi aybdor.

«Bunda bir nechta yosh yigitlar, uning hamda qizning oilasi ishtirok etadi. Shuningdek, qishloqning obro`li kishilari va, afsuski, diniy arboblar ham qatnashadi», — dedi Oygul.

Videoda kelin o`g`irlashning qo`rqinchli kadrlari, ko`zlari yoshga to`la kelinlar, shuningdek, qizning kelinlik ramzi bo`lgan oq ko`ylakni echishga samarasiz urinishi va jazavaga tushganlari namoyish etilgan.

«Qirg`izlarning mentaliteti shunday: turmushga chiqdingmi — ortga yo`l yo`q, kuyov xunuk bo`lsa ham, King-Kong bo`lsa ham», — deya o`z taassurotlari bilan bo`lishdi film qahramonlaridan biri.

Kelin o`g`irlash qonunga zid bo`lishiga qaramay, ushbu muammoni bartaraf etishga ko`plab jinoiy ishlar va sudlar bo`yicha oqilona qaror qabul qilinmaganligi to`sqinlik qilmoqda. Ba`zi qizlar uchun birgina yo`l — o`z joniga qasd qilish qolmoqda.


Boshqa yangiliklar