All Nippon Airways aviakompaniyasiga tegishli, Tokiodan Ols-Anjelesga parvozni amalga oshirayotgan samolyot bortida ikki yo`lovchi mushtlashdi, deb xabar berdi Mir24.tv nashri.
Bebosh yo`lovchilarga hamroh bo`lganlar avvaliga janjalni shunchaki tomosha qilgan bo`lsa, uni keyinchalik erdagi do`stlari bilan tomosha qilish uchun videoga suratga oldi. YouTube kanaliga joylashtirilgan mazkur videoni minglab foydalanuvchilar tomosha qilib, izohlashdi. Video muallifi yo`lovchi Kori Auerdir. Uning aytishicha, parvoz vaqtida qizil ko`ylakli erkak yo`lovchilardan birining oldiga borib, uni haqorat qilgan, shundan keyin janjal boshlangan. Ularni ajratishning ilojini topmagan Korining ularni videoga olishdan boshqa ishi qolmagan. Samolyot Los-Anjelesga qo`ngandan keyin aviakompaniya xodimlari qizil ko`ylagi ikkiga bo`linib, yirtilib ketgan erkakni salondan olib chiqishgan.






