Kolumbiyalik ayol sobiq eri bilan bo`lishmaslik uchun 90 ta yuz dollarlik kupyurani eb qo`ydi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
28 yoshli ayol turmush o`rtog`i bilan yashagan davrida birgalikda to`plagan to`qqiz ming dollarni eb qo`ydi. Oqibatda bunday “mazali tushlik”dan mazasi qochib, tibbiyot xodimlariga murojaat qilishga majbur bo`ldi. Ayol 5,7 ming dollar yaroqli bo`lib, qolgani esa “ishdan chiqishga” ulgurganini bildirdi. Prokuraturada ayolga nisbatan hech qanday e`tirozi yo`qligini, mazkur mablag`ni sobiq juftlik qonuniy yo`l bilan to`plaganini ma`lum qildi.






