Chechen respublikasi rahbari Ramzan Qodirov maxsus otryadning “Terek” jamoasi bilan futbol bo`yicha bo`lib o`tgan o`rtoqlik uchrashuvida oyog`idan jarohatlandi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Bu haqda siyosatchi o`zining Instagram sahifasida xabar qoldirdi.
“Ilgari biz tez-tez g`alaba qozonardik, bu maxsus otryad jamoasiga yoqmagan ko`rinadi. Bu safar ular umuman yangi usulni qo`llashdi, kutilmaganda oyoqdan chalishdi! O`rnimdan turganimda aktyor Andrey Mironov aytganday “gipsga” ko`zim tushdi. Shunda maydonda ulardan uzoqroqda yurishim kerakligini angladim. Baribir 5:2 hisobi bilan bizning jamoa g`alaba qozondi! Futbol o`ynang! G`alabaga erishing! Maydondan gipssiz chiqib ketishga harakat qiling!”, - deb yozdi Ramzan Qodirov.