AsosiyDunyo

​Qutqaruvchilar 30 metrlik attraksion tepasida qolib ketgan odamlarni qutqardi

'​Qutqaruvchilar 30 metrlik attraksion tepasida qolib ketgan odamlarni qutqardi'ning rasmi

Amerikaning Oklaxoma-siti attraksioniga tashrif buyurgan 19 kishining sayri ular rejalashtirgandan ko`ra biroz cho`zildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Attraksionga tashrif buyurgan odamlar bu kunni uzoq vaqt eslab yurishlari aniq, chunki texnik muammo tufayli “amerikacha tepalik” attraksionining vagonlari 30 metr balandlikda to`xtab qoldi.

Voqea joyiga etib kelgan qutqaruvchilar o`t o`chirish narvonlarini o`rnatib, ikki soat davomida yuqorida qolib ketgan odamlarni qutqardi.

Evakuasiya davomida odamlar sarosimaga tushmadi va hech kim jabrlanmadi. Bu attraksionda ro`y bergan ilk hodisa emas. 2016 yilning iyun oyida 8 kishi balandlikda osilib qolgan edi.

    Boshqa yangiliklar