AsosiyDunyo

​Emmanuel Makron Fransiyaning eng yosh prezidenti bo`ldi

'​Emmanuel Makron Fransiyaning eng yosh prezidenti bo`ldi'ning rasmi

Fransiyada prezidentlik saylovining ikkinchi tur ovoz berish bosqichi o`z nihoyasiga etdi, deb xabar berdi Currenttime.tv nashri.

Saylov uchastkalaridagi ovoz berish natijasida “Olg`a” sentristlar harakati etakchisi Emmanuel Makron g`alabaga erishdi. Unga 66 foiz saylovchi ovoz berdi va Fransiya tarixidagi eng yosh prezidentiga aylandi.

39 yoshli Emmanuel Makron Fransiya fuqarolariga saylov g`olibi sifatida nutq so`zlab, Evropa qadriyatlarini himoya qilishga so`z berdi. Ovoz berishning yakuniy xulosasi 11 may kuni rasman e`lon qilinadi.

Boshqa yangiliklar