AsosiyDunyo
15205

​Fransiyaning turmush o`rtog`idan 24 yosh katta birinchi xonimi(Foto)

'​Fransiyaning turmush o`rtog`idan 24 yosh katta birinchi xonimi(Foto)'ning rasmi

Fransiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron o`tgan haftada butun dunyo hamjamiyati diqqat-e`tibori markazida bo`ldi. gap shundaki, Fransiyaning yangi prezidenti o`zidan 24 yosh katta bo`lgan sobiq o`qituvchisiga uylangan. Emmanuel 15 yoshida Bridjit ismli o`qituvchini sevib qolgan. U birinchi muhabbatining visoliga erishishni uzoq yillar sabrsizlik bilan kutdi.

Emmanuel 17 yoshga to`lgan paytda Bridjitga qarata: “Nima qilsangiz ham, mendan o`zingizni qancha olib qochsangiz ham, men baribir sizga uylanaman”, degan edi.

Emmanuel Makron i Bridjit

O`sha paytda Bridjit turmush o`rtog`i bilan uch nafar farzandni voyaga etkazayotgan edi. U sobiq o`quvchisining izhorini shunchaki xavasga yo`yardi.

Emmanuel Makron i Bridjit

Biroq, Emmanuel va Bridjitning munosabatlari kutilmaganda yangi burilish kasb etdi.

Emmanuel Makron i Bridjit

2007 yilda Bridjit eri bilan ajrashdi va Emmanuelga turmushga chiqdi.

Emmanuel Makron i Bridjit

Yangi eri boshi bilan siyosatga sho`ng`iganida madam Makron Parijdagi diniy maktabda dars berish bilan shug`ullandi.

Emmanuel Makron i Bridjit

Juftlikning farzandlari yo`q, biroq Emmanuel rafiqasining nevaralarini o`zinikidek ko`radi, ularga samimiy mehr ko`rsatadi.

Makronning bolalar butilkasi bilan sayr qilayotgan suratlari bosma nashrlarda chop etilgach, saylovchi ayollar uning mehribonligi va g`amxo`rligi oldida “taslim bo`lishdi”.

Bridjit ham Fransiyaning modaga oid jurnallari tomonidan “uslub qirolichasi” ta`rifiga loyiq ko`rilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar