“Darakchi” gazetasining “10 qaltis savol” loyihasining navbatdagi mehmoni xonanda Abdulla Qurbonov.
Xonanda qaltis savollarga javob berar ekan, bundan bir necha yil avval bir o`limdan qolgani haqida gapirdi.
“Otimni o`lishini bilganimda, bir qop kepakka almashgan bo`lardim”, deyishgan. Boshimga tushgan sinov haqida ham ‘Beayb Parvardigor, har bandada bir ayb bor. Meni aybim to`qligimdir, to`qligimdan sho`xligimdir’ misrali qo`shiq hozirlayapman. Bir yomonning yaxshisi bor. 2013 yil chet elda yashaydigan do`stim Jaloliddin bilan qo`ng`iroqlashdim, oktyabrda ikkovimiz oilamiz bilan bir oy kemada sayr qilishga kelishdik. Rafiqam, to`rt farzandimni olib, Floridadagi Disneylendga olib borishni ham reja qilib, bir yilga viza oldik. Lekin 27 avgust tarix zarvaraqlarida emas, yuragimda o`chmas dog` bo`lib qoldi. O`sha sanada menga nisbatan jinoiy ish ochilib, chet elga borolmaganmiz...Radioda esa biz sayr qilishni reja qilgan kema halokatga uchraganini eshitdim, oilam bilan bir o`limdan qolganman-da”—deydi Abdulla Qurbonov.
“10 qaltis savol” loyihasining to`liq talqinini “Darakchi” gazetasining 11 may kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida o`qishingiz mumkin.