AsosiyDunyo

​Parlament binosida farzandini emizgan ayol tarixga kirdi

'​Parlament binosida farzandini emizgan ayol tarixga kirdi'ning rasmi

Senator Larisa Uoters farzandini parlament binosida emizgan ilk siyosatchi ayol bo`ldi.

Yashillar partiyasi a`zosi o`zining ikki oylik chaqalog`i Aliya Joyni Avstraliya parlamenti binosida ovoz berish chog`ida emizdi.

Avstraliya parlamenti binosida ayollarning farzandini emizishiga o`tgan yili ruxsat bergandi, ammo Uotersga qadar hech bir siyosatchi bu huquqidan foydalanmagan.

Bungacha bolalarning majlislar zalida bo`lishi qat`iyan taqiqlangan, emizikli bolasi bor ayollar ishonchli vakillari orqali ovoz berishgan.

Emizishga ruxsat 2015 yildagi janjaldan so`ng berilgan. O`shanda vazir Keyli O'Dvaerga parlamentdagi ishini uzluksiz bajarishi uchun sutini sog`ib bolaga berish aytilgan.

“Bizga parlamentda ko`proq ota-onalar kerak. Shu sabab oilalar uchun qulay bo`lgan joylar zarur”, - deb yozadi Uoters “Feysbuk” sahifasida.

Bolani emizish dunyoning aksariyat parlamentlarida juda nozik masala sanaladi. 2016 yilda ispaniyalik deputat farzandini parlament binosida emizgani uchun juda ko`p shov-shuvlarga sabab bo`lgandi.

Britaniyalik deputatlar bir necha bor ana shu taqiqni olib tashlashga chaqirishgan.

Boshqa yangiliklar