AsosiySport

Evropa Ligasi. “MYu” qiyinchilik bilan finalga chiqdi (Video)

'Evropa Ligasi. “MYu” qiyinchilik bilan finalga chiqdi (Video)'ning rasmi

Evropa Ligasi musobaqasining yarim final javob o`yinida “Manchester Yunayted” jamoasi o`z maydonida “Selta”ni qabul qildi.

Qizg`in kurashlar ostida kechgan o`yinda 1:1 hisobi qayd etildi va bu natija “MYu”ni finalga olib chiqdi. O`yinning 17-daqiqasida Maruan Fellayni hisobni ochgan bo`lsa, 85-daqiqada Ronkalya muvozanatni tiklagan edi.

Dastlabki o`yinda “MYu” 1:0 hisobida zafar quchishga muvaffaq bo`lgandi.

Manchester Yunayted – Selta 1:1 (1:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 17 Fellayni, 1:1 – 85 Ronkalya.

Manchester Yunayted – Romero, Valensiya, Bayi, Darmian, Blind, Pogba, Errera, Lingard (Runi, 86), Fellayni, Mxitaryan (Kerrik, 77), Reshford(Smolling, 89).

Selta – Alvares, Kabral, Kastro, Malo, Ronkalya, Radoya (Bongonda, 68), Ernandes, Vass (Xosabed, 46), Sisto (Bovyu, 80), Gvidetti, Aspas.

Ogohlantirishlar: Blind (32), Aspas (66), Errera (81), Kabral (90).

Chetlatishlar: Bayi (87), Ronkalya (88).

Dastlabki uchrashuv: 1:0


Boshqa yangiliklar