2017 yilda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan eng g`alati rekordlar

Dunyo 12.05.2017, 11:27
Teglar: Foto, Ginnesning rekordlar kitobi
2017 yilda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan eng g`alati rekordlar

Ginnesning 62-sonli rekordlar kitobiga dunyo bo`yicha 4000 dan ortiq yutuqlar kiritilgan, deb xabar berdi Ruposters.ru nashri.

Unda insoniyatning eng bema`ni harakatlaridan tortib, tabiat hodisalarigacha, hayvonlarning o`ziga xos xususiyatlari-yu, ilmiy izlanish natijalarigacha kiritilgan.


"Dunyoning eng uzun mushugi"

Dunyoning eng uzun mushugi Buyuk Britaniyada yashaydi. Lyudo laqabli mushukning uzunligi 118,33 santimetrni tashkil etadi.


"Mushuk tomonidan bir daqiqada amalga oshirilgan eng ko`p tryuklar "

Mazkur toifada amerikalik Robert Dolluetning mushugi g`alabani qo`lga kiritdi. U bir daqiqa davomida komissiya a`zolariga 20 ta tryukni namoyish qildi.

"Xaridan eng balandlikka sakragan lama”

Mazkur masalada Angliyada yashovchi Kaspa laqabli lamadan zo`ri topilmadi. U 1,13 metr balandlikka sakrashga muvaffaq bo`ldi.


"Dunyoning eng baland iti"

Amerikaning Florida shtatidagi Lizzi laqabli itning bo`yi boshlang`ich sinf o`quvchisining bo`yi bilan teng. 7 yoshli itning bo`yi o`lchanganda 96,41 santimetrni tashkil etdi.


"Eng uzun it dumi"

Belgiyada yashovchi Keon laqabli itning dumi uzunligi bilan hammani hayratga soldi. Keonning dumi 76,8 santimetr uzunlikka ega.


"Kislorod ta`minotisiz, eng uzoq yongan inson"

Bunday bema`ni va xavfli rekord avstriyalik Yozef Tedlingga tegishlidir. U kislorod ta`minotisiz 5 daqiqa va 41 soniya davomida yonishga “muvaffaq bo`ldi”.


"Avtomobil o`tgan eng katta xalqa"

Mazkur rekord britaniyalik Terri Grant tomonidan o`rnatilgan. U o`z “Yaguari” bilan 19,08 metr diametrli xalqadan o`tdi.


"Eng tez yuruvchi bir g`ildirakli motosikl"

Buyuk Britaniyalik baykur Kevin Skott o`ziga xos, bir g`ildirakli “temir oti” oti bilan soatiga 98,464 kilometr tezlikda yo`l bosdi.

"Dunyoning eng egiluvchan oyog`i"

Maksvell Dey ismli amerikalik yigit oyog`ini 157 darajaga burib, Ginnes rekordlari kitobi vakillarining olqishiga sazovor bo`ldi.


"Soqolli eng yosh ayol"

Mazkur unvonga Britaniyaning Berkshir grafligida yashovchi britaniyalik model Xarnaam Kaurga nasib qildi. Rekord o`rnatilgan kuni komissiya uning yoshi 24 yosh va 282 kunni tashkil qilishini aniqladi.


"Eng katta og`iz"

Nemis Berndt Shmidt o`ziga xos iqtidori — og`zini katta ochishi bilan atrofidagi odamlarni dahshatga soladi. 8,8 santimetrli ochilgan og`zi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.


"Gamburgerga taalluqli buyumlarning eng katta kolleksiyasi"

Negadir odamlar orasida amerikaliklar gamburgerni sevib iste`mol qiladi, degan gap yuradi, afsuski, mazkur taomni nafaqat amerikaliklar balki nemislar ham yaxshi ko`rishini Xerri Shperl isbotladi. Uning gamburgerga taalluqli buyumlar qolleksiyasi hisobdan o`tkazilganda 3724 ta buyum borligi aniqlandi.


"Eng ko`p tosh qotgan tezaklar kolleksiyasi"

“Tezak” degan so`zni o`qib, “shu ham kolleksiya bo`ldi-yu?” degan xulosaga kelishingiz mumkin. Ammo amerikalik Jorj Frendsen uyida aynan tosh qotgan tezaklarning 1277 nusxasini saqlaydi. Uning yaqinlari Jorjning bunday kolleksiyani uyda saqlashiga qanday fikr bildirishlari noma`lumligicha qolmoqda.

Sharhlar

Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Vayron bo`lgan uylar, jarohat olgan odamlar va ularga yordam berayotgan xodimlar… Sergelida otgan mash`um tong (fotojamlanma)

29.09.2023, 00:10

Bugun, 28 sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan...
Birinchi qor og`ushidagi Toshkent (fotoreportaj)

05.12.2022, 20:26

"O`zgidromet" bashorat qilganidek, O`zbekistonga qish 1 dekabrdan kirib keldi. Dam olish kunlari respublikada havo harorati keskin tushib, Nukusda -17 darajani, kuni kecha Navoiy viloyatida esa...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1