Iroqning Mosul shahri aholisi toza ichimlik suvi chiqarish uchun quduq qazmoqda, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Harbiy harakatlar tufayli shahar ozalash korxonalari ishlamayapti, ko`ngillilar esa hammaga ham yordam bera olmayapti.IShIDga qarshi kurash xalqaro koalisiyasi hukumat armiyasi bilan hamkorlikda G`arbiy Mosulni jangarilardan ozod qilishga harakat qilmoqda. Ammo barcha ozod etilgan tumanlarni toza ichimlik suvi bilan ta`minlashning iloji yo`q. BMT shaharda yirik tozalovchi korxonalarini ochdi, ular shahar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta`minlashi kutilmoqda. Biroq mazkur korxonalar uch oydan keyin to`liq ishga tushadi.






