O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhidagi raqibi – Suriya terma jamoasi Ummonga qarshi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi.
Jamoalar o`rtasidagi uchrashuv 2 iyun kuni Ummon poytaxti Muskat shahrida bo`lib o`tadi. Avvalroq milliy terma jamoaning guruhdagi yana bir raqibi – Eron termasi O`zbekistonga qarshi o`yin oldidan Chernogoriyaga qarshi o`rtoqlik o`yinini o`tkazishi haqida xabar berilgandi.
Ma`lumot uchun, “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo`lsa, 13 ochko jamg`argan Janubiy Koreya ikkinchi pog`onada bormoqda. O`zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan uchinchi o`rinni band qilgan. 4–6 o`rinlarni mos ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va Qatar termalari egallagan.