AsosiyDunyo

​Sharq ayollari haqidagi eskicha tasavvurlarga barham berayotgan Saudiya Arabistoni malikasi (foto)

'​Sharq ayollari haqidagi eskicha tasavvurlarga barham berayotgan Saudiya Arabistoni malikasi (foto)'ning rasmi

Saudiya Arabistoni malikasi — 33 yoshli Amira at-Tavil go`zal, o`ziga ishongan, dovyurak va sobitqadam ayol, deb yozadi “Daryo”. U nafaqat Saudiya Arabistonida, balki butun dunyo bo`ylab gumanitar muammolar bilan shug`ullanadi. Dunyoning dolzarb muammolarini tushunish va hal qilish uchun u 70 dan ortiq mamlakatda bo`lgan.

Malika qashshoqlikka va ofatlar oqibatlariga qarshi kurashadi. U xayriya jamg`armalarini tuzishda qatnashgan, G`arbiy Afrikada boshpana tashkil qilgan, Pokistondagi suv toshqini qurbonlarini yordam bilan ta`minlagan, Kembridj universiteti qoshida Islom tadqiqotlari markazini ochgan, Somalida ko`mak ko`rsatish missiyasiga rahbarlik qilgan.


Qiz o`z vatanida birinchilardan bo`lib abayya (uzun va yopiq qora libos)dan voz kechgan va evropacha kiyimlar kiyib yuradi. Ammo ko`pincha uning zamonaviy liboslarida sharqona uslubni ham payqash mumkin.\


Amira avtomobil haydaydi, AQSh universitetlaridan birida olingan oliy ma`lumot hamda biznesni boshqarish sohasidagi ilmiy darajaga ega. Malika mamlakatdagi barcha ayollar ushbu masalalarda tanlovga ega bo`lishi kerak, deb hisoblaydi va amalda bunga erishishga intiladi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar