“O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” xalqaro kongressining ilk kuni “Jurnalistlar bahori” an`anaviy media-festivali bilan nihoyasiga etdi.
Birinchi kun yakunida Kongress qatnashchilari sharafiga tantanali qabul marosimi o`tkazildi.
“Jurnalistlar bahori” an`anaviy media-festivali doirasida O`zbekiston madaniyati va san`atini keng yoritishga qaratilgan yangi “Karavan TV” telekanali taqdimoti, O`zbekistonning turli hududlari milliy taomlarini degustasiya marosimlari bo`lib o`tdi.
Eslatib o`tamiz, xalqaro Kongressda 40 dan ortiq mamlakatdan 140 dan ortiq chet el olimlari, ekspert, diplomat, xalqaro tashkilotlarning vakillari, shuningdek 50 dan ortiq yurtimiz ilm-fani vakillari hamda 50 dan ortiq O`zbekiston va xorijiy OAV vakillari ishtirok etmoqda.
16 may kuni tongda Kongress qatnashchilari charter reysi bilan Samarqandga parvoz qilishadi. Bu erda ilmiy-amaliy kongressning ikkinchi kuni davom etadi.