AsosiyJamiyat

​Xalqaro kongressning ikkinchi kuni Samarqand shahrida davom etmoqda(Foto)

'​Xalqaro kongressning ikkinchi kuni Samarqand shahrida davom etmoqda(Foto)'ning rasmi

15 may, dushanba kuni O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasining “Media-xoll” majmuasida “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” mavzusida xalqaro ilmiy-madaniy kongress boshlangani haqida xabar berilgan edi.

Xalqaro kongressning ikkinchi kuni Samarqand shahrida bo`lib o`tmoqda. Bugun kongress ishtirokchilari Toshkent-Samarqand charter reysi bilan qo`hna va navqiron Samarqand shahriga etib borishdi.


Xalqaro kongress Registon tarixiy majmuasidagi Ulug`bek madrasasida davom etmoqda. Unda 3 ta seksiya buyicha ilmiy majlis bo`lib o`tadi.


Birinchi seksiya “O`zbekiston amaliy san`ati: Turlar va maktablar rang-barangligi, ma`ruza va muzokaralar” deb nomlanadi.


Ikkinchi seksiyada esa “Buyuk ipak yo`li: Sharq va G`arbni bog`lovchi rishta” mavzusida taqdimot o`tkaziladi.


Uchinchi seksiya “Movarounnahrning kitobat san`ati” deb nomlanadi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar