1

​Ginekologga 10 muhim savol

Salomatlik 16.05.2017, 12:03
Teglar: Salomatlik, Ayol
​Ginekologga 10 muhim savol

Umrida bir bor bo`lsa-da jinsiy muammolarga duch kelmagan ayolni topish imkonsiz, desam adashmasam kerak. Ko`pchilik ular haqida birovga aytishga uyaladi, hatto shifokorga ham. Shu bois o`zini o`zi davolashga kirishadigan yoki e`tiborsizlik bilan qo`l siltab qo`ya qoladiganlar yo`q emas. Aslida esa hatto eng yaqin dugonangiz bilan ham muhokama qilmaydigan gaplaringizni shifokorga aytish o`rinli. Mutaxassis tashxisni aniqlaydi, samarali muolajalarni belgilaydi. Bugun ayollar o`rtasida ko`p uchraydigan ayrim savollarga to`xtalamiz. Ularga oliy toifali shifokor-ginekolog Muborak PIRIMQULOVA javob beradi.

Emizikli davrda homiladorlikdan saqlanish kerakmi?

— Laktasiya davrida homiladorlikdan saqlanish usuli tug`uruqdan keyingi emizish rejimi va vaqtiga bog`liq. Agar bolaga birinchi talabidanoq ko`krak tutsangiz, emizishlar orasidagi tanaffuslar kunduzi 4, kechasi 6 soatdan oshmasa va hali hayz sikli tiklanmagan bo`lsa, homiladorlikdan saqlovchi vositalardan foydalanishni 6 oyga kechiktirib tursangiz bo`ladi. Gap shundaki, bola faol emish orqali (sog`ish bundan mustasno) prolaktin gormoni ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Onda-sonda emizganda yoki erta muddatda qo`shimcha ovqat berilsa, kontraseptiv vositalar kerak bo`ladi.

Bepushtlikni qanday davolash mumkin?

— Agar muntazam jinsiy hayot kechirganda ham bir yil davomida homiladorlik yuz bermasa, shifokorga murojaat qilish kerak. Shifokorga avvalo bachadon naylari o`tkazuvchanligi, kichik tos a`zolarining ultratovushli tekshiruvi, shuningdek, erkak spermagrammasi ko`rsatkichlari kerak. Jinsiy yo`l bilan yuqadigan infeksiyalar bor-yo`qligini ham tekshirish lozim. Zarurat bo`lganda mutaxassis qo`shimcha tekshiruvlarni belgilaydi. Chunki eng asosiysi, bepushtlik sababini aniqlash. Ayollardagi bepushtlikning asosiy sabablari — ayol jinsiy apparati rivojlanishidagi nuqsonlar, kichik tos a`zolarining yallig`lanish kasalliklari, endokrin buzilishlar, immunologik omillar, endometrioz, ayol jinsiy a`zolari sili, ruhiy yoki nevrologik buzilishlar… Aniq tashxis qo`yilgach, albatta er-xotin baravar davolanishi zarur.

Hayz juda og`riqli kelsa…

— Hayz vaqtidagi og`riq (algomenoreya) sababi turlicha bo`lishi mumkin. Ulardan biri bachadonning noto`g`ri joylashuvi yoki yaxshi rivojlanmagani. Bu sabablar bachadondan qon oqimi chiqishini qiyinlashtiradi va uning qisqarishini kuchaytiradi. Algomenoreya asab kasalliklari, yallig`lanish jarayonlari va tanosil tizimi xastaliklari asorati bo`lishi ham mumkin. Sababini topish uchun ginekologga murojaat qiling. Og`riq kuchli bo`lganda no-shpa iching. Shuningdek, E vitamini ham ahvolni yaxshilashda yordam beradi. Hayz siklining dastlabki 3 kunida 300 mg.dan qabul qilish mumkin.

Bachadon bo`yni eroziyasini davolash shartmi?

— Agar sizda eroziya borligi aniqlansa, kolposkopiya (bachadon bo`ynini mikroskop ostida ko`rish) va sitologik tekshiruvdan (surtma olinadi) o`tish lozim. Bu shifokorga zararlangan hujayralarda salbiy o`zgarish yuz bermaganiga ishonch hosil qilish uchun zarur. Eroziyani davolash kerak! Eng samarali usullar — lazer nuri va elektroradionur bilan ta`sir ko`rsatish. Bu usullar sog`lom to`qimalarni zararlamaydi va bachadon bo`ynining zararlangan yuzasi tez bitishini ta`minlaydi.

Qorin pasti nega tortishib og`riydi?

— Qorin pasti tortib og`rishining eng ko`p uchraydigan sababi — juda sovib ketish yoki gormonal o`zgarishlar tufayli yuzaga kelgan surunkali yallig`lanish. Aniq sababini topish uchun avvalo ginekolog ko`rigidan o`ting. Agar ginekologik tekshiruvlar natijasi ko`ngildagidek bo`lsa, nevrologga murojaat qiling va umurtqa pog`onasining dumg`aza qismini rentgen qildiring.

Hayz nomuntazamligiga sabab nima?

— Bu ko`pincha gormonal muvozanat buzilishi bilan bog`liq. Agar yoshingiz 17 dan oshgan, hayz siklingiz esa hali «o`ynasa» yoki umuman bo`lmasa, ginekologga murojaat qiling va jinsiy hamda qalqonsimon bez gormonlarini tekshirish uchun qon topshiring. Agar sezilarli darajada me`yordan chetga chiqish kuzatilsa, gormonal muolaja yordam beradi.

«Dori ichish esimdan chiqibdi. Endi nima qilay?»

— Homiladorlikdan saqlovchi tabletkani kechroq — dastlabki 12 soat mobaynida qabul qilish mumkin. Ko`nglingiz xotirjamligi uchun ham ayniqsa, siklning birinchi yarmida rezina yordamida saqlangan ma`qul. Agar tabletka ichishni tez-tez unutib qo`ysangiz, kontrasepsiyaning boshqa usullaridan foydalanish haqida o`ylab ko`ring.

«Tabletka ichsam bo`ladimi?»

Agar homiladorlikdan saqlanish uchun tabletka iste`mol qilishga qaror qilgan bo`lsangiz, ularning ko`ngil aynishi, bosh og`rig`i, tana vaznining ortishi, depressiya, jizzakilik singari nojo`ya ta`sirlari ham bo`lishi mumkinligini e`tibordan chetda qoldirmang.

Bu belgilarning aksariyati dori icha boshlagandan keyin bir necha oydan so`ng yo`qoladi. Lekin ular haqida shifokorga xabar qilish shart. Umuman, homiladorlikdan saqlanish uchun o`zingizga o`zingiz dori belgilamang, albatta shifokor maslahati bilan ish tuting.

«Eroziyam bor. Homilador bo`lishim mumkinmi?

— Agar Ayni paytda sizda bachadon bo`yni eroziyasi borligi aniqlangan, siz esa homilador bo`lishni rejalashtirayotgan bo`lsangiz, avval bachadon bo`ynini davolatishni tavsiya etaman. Gap shundaki, homiladorlik davrida bachadon bo`yni eroziyasini kardinal usullar bilan davolash tavsiya etilmaydi. Homiladorlik ham bachadon bo`ynining zararlangan yuzasi ahvolini og`irlashtirishi mumkin. Bugungi kunda hali tug`magan ayollardagi bachadon bo`yni eroziyasini ham davolashning og`riqsiz, samarali usuli mavjud. Bu davolashning radioto`lqinli usuli.

Shoshilinch kontrasepsiya ishonchlimi?

Shoshilinch kontrasepsiya — himoyalanmagan jinsiy yaqinlikdan keyin homiladorlikdan saqlovchi vositalar qabuli. Homiladorlikdan saqlanish uchun bu choraga ko`p ham murojaat qilavermagan ma`qul. Yiliga 1-2 martadan oshmasligi kerak. Chunki bu organizm uchun jiddiy gormonal yuk. Agar bunday preparatlarga ehtiyoj tug`ilsa, yo`riqnomasiga qat`iy amal qiling va «ishonchi bo`lishi uchun» ortiqcha tabletka ichmang, bu xavfli!

Nilufar tayyorladi

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1