​It erga tiriklay ko`milgan chaqaloqni qutqardi

Dunyo 16.05.2017, 15:00
Teglar: Chaqaloq
​It erga tiriklay ko`milgan chaqaloqni qutqardi

Xitoyda it erga tiriklay ko`milgan chaqaloqni qutqardi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Voqea Xitoyning Chunsin shahrida ro`y berdi. It egasining ma`lumot berishicha, uning iti bezovtalanib, o`t-o`lanlar orasini kavlay boshlagan. Iti kavlagan o`raga nazar tashlagan egasi u erda oq matoga o`ralgan va yig`layotgan chaqaloq yotganligiga ko`zi tushgan. Chamasi it uni hididan topgan. Chaqaloq kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlarning ma`lumot berishicha, chaqaloqning og`ziga tuproq to`lib qolgan, yurak urishi sustlashib, tana harorati tushib ketgan. Shifokorlarning sa`y-harakatlari tufayli chaqaloq o`zini ayni paytda yaxshi his qilmoqda. Tekshiruv jarayonida chaqaloq bundan bir oy ilgari dunyoga kelgani aniqlandi. Polisiyachilarning taxminiga ko`ra, chaqaloqni ota-onasi uni olamdan o`tgan deb o`ylab, dafn etgan. Hozircha bolaning ota-onasini topishning iloji bo`lmadi.

Sharhlar

Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
⚡️Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug`ildi (video)

24.01.2023, 10:05

Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...
O`zbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga kelgani ma`lum bo`ldi

01.01.2022, 21:48

2022 yilning 1 yanvar kuni, soat 17:30 holatiga ko`ra, mamlakatimizda jami 1448 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Yangi yilning birinchi kunida tug`ilgan go`daklarning 732 nafari o`g`il...
Yangihayotda 8 oylik chaqalog`ini 10.000 AQSh dollar evaziga sotmoqchi bo`lgan ayolga hukm o`qildi

04.08.2021, 19:19

Jinoyat ishlari bo`yicha Yangihayot tuman sudi raisi Baxrom Tashpulatovning raisligida o`tgan ochiq sud majlisida 8 oylik chaqalog`ini 10.000 AQSh dollar evaziga qonunga xilof ravishda sotmoqchi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1