AsosiyDunyo

​Lox-Ness ko`lida yana maxluq paydo bo`ldi (Video)

'​Lox-Ness ko`lida yana maxluq paydo bo`ldi (Video)'ning rasmi

Shotlandiyaning Lox-Ness ko`lida yana afsonaviy maxluq paydo bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Maxluq oxirgi marta ko`lda 2016 yilning avgust oyida ko`zga tashlangan edi.

Mazkur kadrni 7 may kuni uelslik sayyoh Rob Jons videoga oldi. Videoda uzun bo`yinli maxluqning sayr qilish uchun mo`ljallangan katerning yonidan suzib o`tganini ko`rish mumkin. Ko`lda ro`y beradigan hodisalarni rasman qayd etuvchi Geri Kempbell ancha vaqtdan beri ko`rinmay ketgan maxluqning yana paydo bo`lishi yaxshilik alomati emasligini ma`lum qildi. O`tgan yili maxluq XXI asr uchun rekord darajada, 10 marotaba ko`zga tashlangan. Uning har bir paydo bo`lishini kameralar qayd etgan. Bularning barchasiga smartfon va veb-kameralarning keng tarqalgani sababdir.

Kempbellning arxivida 1996 yildan beri Lox-Ness ko`li maxluqining jami 1082 marotaba paydo bo`lgani aks etgan materiallar mavjud.

Ijtimoiy tarmoqning aksariyat foydalanuvchilari mazkur videoga ishonchsizlik bilan qarashdi. Ularning fikricha, videoda maxluq emas, suzib ketayotgan xoda aks etgan. Boshqalar esa bu narsa ko`proq sayyohlarni jalb etish uchun o`ylab topilgan aldov, degan fikrni bildirishdi.


Boshqa yangiliklar