AsosiyDunyo

​Turkiyaning AQShdagi elchixonasi oldida janjal ko`tarildi

'​Turkiyaning AQShdagi elchixonasi oldida janjal ko`tarildi'ning rasmi

Turkiyaning AQShdagi elchixonasi oldida bo`lib o`tgan namoyish vaqtidagi to`qnashuv oqibatida to`qqiz kishi jabrlandi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

The Washington Post, gazetasining ma`lumot berishicha, turli darajada tan jarohati olgan odamlar kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur “qo`l jangi”da Rajab Toyip Erdo`g`an tarafdorlari va uning siyosatiga qarshi bo`lgan odamlar ishtirok etgan.

Polisiya elchixona binosi atrofini qurshab oldi va mushlashayotgan odamlarni kuch bilan ajratdi. Bir-birini ayovsiz ravishda kaltaklagan odamlarning ba`zilariga tezkor tibbiyot xizmati ko`rsatish zarur bo`ldi. Ishtirokchilarning ikki nafari og`ir ahvolda kasalxonaga olib ketildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdo`g`anning Vashingtonga qilgan tashrifi namoyish o`tkazilishiga sabab bo`ldi. Avvalroq Erdo`g`an AQSh prezidenti Donald Trampni oilasi bilan Turkiyaga taklif qilgan edi.

Boshqa yangiliklar