AsosiyJamiyat

​XALQARO KONGRESS IShTIROKChILARI O`ZBEKISTON PREZIDENTIGA MINATDORChILIK BILDIRIShDI

'​XALQARO KONGRESS IShTIROKChILARI O`ZBEKISTON PREZIDENTIGA MINATDORChILIK BILDIRIShDI'ning rasmi

16 may kuni ko`hna va navqiron Samarqandning Registon maydonida “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” mavzusida xalqaro ilmiy-madaniy kongressining tantanali yopilish marosimi bo`lib o`tdi.

Ikki kun Toshkent va Samarqandda davom etgan xalqaro kongress ishida dunyoning 40 mamlakatidan 370 nafar ishtirokchi qatnashdi, ular orasida fan va madaniyat muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, diplomatik korpus vakillari, ekspertlar va olimlar bor.

Yopilish marosimida YuNESKOning O`zbekistondagi rahbari Krista Pikkat so`zga chiqar ekan, bugun butun dunyoda notinchlik hukm surayotgan, qadimiy me`moriy yodgorliklar yo`q qilinayotgan, vahshiylar vayron qilinayotgan bir vaqtda ushbu xalqaro kongressning ahamiyati beqiyosligini alohida ta`kidladi.

Mazkur yirik butun dunyo olimlarini qamrab olgan kongress yakunida barcha ishtirokchilar rezolyusiya qabul qildilar hamda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va mamlakatimiz hukumatiga bunday tadbirni o`tkazish uchun imkoniyat yaratgani uchun minatdorchilik bildirdilar. Krista Pikkat qabul qilgan rezolyusiyani o`qib eshitirar ekan, O`zbekiston hukumati tomonidan o`zbek xalqining madaniy merosini saqlashga va uni targ`ib qilishga bo`lgan bunday e`tibori e`tirofga sazovorligini ta`kidlab o`tdi.

Kongress faoliyati o`zbek va chet el («Vesti 24», NTV, «Kultura», «Mir», TRT, Reyter telekanallari, TASS, Sinxua, Anadolu agentliklari va b.) OAVlari tomonidan keng yoritildi. Kongress ishida Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya, Qozog`iston, Kanada, Qirg`iziston, Polsha, Rossiya, AQSh, Turkiya, Fransiya, Chexiya, Shvesiya, Yaponiyadan 5 nafar akademik, 36 fan doktori, 14 nafar professorlar o`z ma`ruza va nutqlari bilan ishtirok etdilar.

Kongressning asosiy voqealaridan biri O`zbekiston xalqlarining madaniy va tarixiy yodgorliklari to`plamlarini o`z ichiga olgan 10 ta noyob albom-kitob va hujjatli filmlarning taqdimoti bo`ldi.

Tadbir so`nggida kongress qatnashchilariga butun dunyo va O`zbekiston tarixidan hikoya qiluvchi 3D- mapping shou namoyish etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar