Iroqlik jurnalist Ammar Alvaeli “Islom davlati” terrorchilik guruhining snayperi unga qarata uzgan o`qi uning ko`ksidagi kameraga qadalib, mo``jiza tufayli omon qoldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Bir guruh jurnalistlar Iroqning Mosul shahrida terrorchilar tomondan o`qqa tutildi. Snayper uzgan o`q iroqlik jurnalist Ammar Alvaelining ko`kragidagi kameraga qadalib, uni parchalib tashladi.
Eslatib o`tamiz, Iroqning Mosul shahri 2014 yildan beri terrorchilar nazoratida bo`ldi, 2016 yilning oktyabr oyidan boshlab, AQShning koalisiya kuchlari va Iroq armiyasi shaharni ozod qilish operasiyasini boshladi.






