Rossiyaning Moskva shahridagi qurilish maydonlaridan birida bir asrdan beri yotgan inson jasadi qoldiqlari aniqlandi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
“2017 yilning 16 may kuni Moskva shahridagi qurilish ishlari ketayotgan qurilish maydonida inson jasadi qoldiqlari aniqlandi. Mutaxassislar o`tkazgan tekshiruvga ko`ra, jasad bundan yuz yil ilgari dafn etilgani ma`lum bo`ldi. Mazkur holat yuzasidan tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, deb axborot berdi jurnalistlarga Moskva tergov qo`mitasi rahbarining katta yordamchisi Yuliya Ivanova.
Ayni paytda voqeaga oydinlik kiritilmoqda. O`lim sababini aniqlash uchun jasad sud-tibbiyot ekspertizasiga jo`natildi. Tekshiruv natijalari bo`yicha prosessual qaror chiqariladi.