O`tkir nigohga, go`zal tabassumga, go`zal Byanka afsonaviy aktyor va jang san`ati ustasi Jan-Klod Van Dammning qizidir, deb xabar berdi “Adme.ru” nashri.
Byanka yosh bo`lishiga qaramay, sportda, kinoda ulkan natijalarga erishib, mashhur familiyaning eng loyiq davomchisiga aylandi.
Byanka Van Varenberg (otasining asl ism-sharifi aynan shunday yangraydi) sportchi ota-onasidan nafaqat jismoniy go`zallikni, balki uddaburolik va epchillikni ham meros qilib oldi. Tashqaridan nozik ko`rinadigan qaddi-qomati bilan o`ta keskin harakatlarni, turli jang usullarini osonlik bilan bajaradi.
Qiz bolaligidanoq sportga mehr qo`yganligini, bir paytlar jang san`atini yoqtirmaganligini tan oldi. U ilgari konkida yugurish sporti bilan shug`ullangan. Keyinchalik jang san`atiga qiziqishi ortganligi tufayli, otasi bajargan tryuklarni bajara boshladi. Byanka otasi bilan birga sport mashg`ulotlarida ishtirok etadi, ular o`zaro kuch ham sinashadi. Byanka uchun otasi ibrat namunasi hisoblansa, Van Damm esa qizining erishgan yutuqlaridan faxrlanadi. Otasining izidan borgan Byanka sport mashg`ulotlari bilan chegaralanib qolmadi, u badiiy filmlarda ham suratga tusha boshladi. Ayni kungacha u 10 ta filmda aktrisa, prodyuser, ssenariy muallifi va rassom sifatida ishtirok etdi.