1

​IIV: 4 oyda 400 nafarga yaqin qidiruvdagi jinoyatchilar qo`lga olindi

Jamiyat 19.05.2017, 16:13
Teglar: O`zbekiston, Jinoyat, Shavkat Mirziyoev, Prezident, ​Ichki ishlar
​IIV: 4 oyda 400 nafarga yaqin qidiruvdagi jinoyatchilar qo`lga olindi

Prezident Shavkat Mirziyoevning tashabbusi balan haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” deb elon qilinishi mahallalardagi osoyishtalik, xotirjam va ma`mur hayotning ta`minlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirlarda aholining kundalik ehtiyojiga bog`liq ko`plab muammolar o`z echimini topmoqda. Natijada barcha qishloq va mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni xalqimiz osoyishtaligini mustahkamlash borasidagi oddiy targ`ibot emas, amaliy ahamiyatga ega tadbir sifatida o`tkazilmoqda.

O`tayotgan hafta payshanbasida ham keng miqyosda tashkil etilgan profilaktik tadbirlarga respublikamiz hududidan ichki ishlar organlari bilan bir qatorda ko`plab yurtdoshlarimiz ham ko`ngilli ravishda ishtirok etishdi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitini tizimli ravishda o`rganish maqsadida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida tashkil etib kelinayotgan tadbirlarda pasport tizimi qoidalarini buzish, noqonuniy o`q otar qurollar va narkotik vositalarni saqlash holatlari aniqlanmoqda.

Mazkur yo`nalishda ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning ohirgi to`rt oyi davomida 120 mingdan ortiq shaxs ma`muriy javobgarlikka tortildi, 400 nafarga yaqin qidiruvdagi jinoyatchilar qo`lga olindi. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbiri sifatida 180 mingdan ortiq profilaktik suhbatlar o`tkazildi.

Asosiy e`tibor, voyaga etmaganlar va yoshlar tariyasiga qaratilib, o`quvchi va talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning ta`lim muassasalaridagi davomatini ta`minlash bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida, joriy yilning aprel oyida voyaga etmaganlar o`rtasida jinoyatchilikning darajasi 0,7 foizga, yoshlar o`rtasida 2,1 foizga, shu jumladan kollej va lisey o`quvchilari o`rtasida 19,2 foizga, oliy ta`lim muassasalarida 31 foizga kamaydi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ning yana bir haftasi ortda qoldi. Mahalla, ovul va qishloqlarimizdan esa turli illatlar tobora chekinmoqda. Tinchlikni saqlash eng oliy burchimiz ekanini yurtdoshlarimiz teran anglab etishayotgani, profilaktika xizmati xodimlarining mahalla faollari bilan birgalikdagi sa`y-harakatlari tufayli yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda osoyishtaligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi barcha davlat organlari, tashkilotlar va jamoatchilik tuzilmalarini, shuningdek, fuqarolarni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”ni samarali o`tkazishni hamda huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda faol hamkorlikka chorlaydi.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1